Jahon | 08:22 / 06.02.2018
10718
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh qo‘shinlari Iroqdan Afg‘onistonga o‘tkazilayotganini tasdiqladi

Foto: AP Photo / Hoshang Hashimi

AQSh qo‘shinlari Iroqdan Afg‘onistonga IShID ustidan g‘alabadan so‘ng o‘tkazilayotganini tasdiqlaydi. Bu haqda RIA Novosti Pentagon vakili Erik Pexonning bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Ha, bu rost, biroq men son va aynan qanday o‘zgarishlar yuz berayotgani haqida ayta olmayman», - dedi u.

Avvalroq, Associated Press AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlagani, bu IShID terrorchilik guruhi bilan kurashning faol bosqichi yakunlangani tufayli yuz berayotganini xabar qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid