Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik general-leytenant O‘zbekistonga keldi
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Ivan Buvaltsev boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi harbiy delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng I.Buvaltsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada ma'ruzasi tinglandi. Tadbir barcha harbiy okrug qo‘shinlariga onlayn tarzida uzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘tgan yildan xorij davlatlari mudofaa idoralari bilan o‘zaro hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar ko‘lami tobora kengayib, oliy harbiy ta'lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega ofitserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yo‘nalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
18:33
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49