Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 23 martgacha amal qiluvchi vaqtinchalik byudjyet qabul qilindi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Agaryshev
AQSh kongressi vakillar palatasi 8 fevralda federal hukumat moliyalashtirilishining yana to‘xtab qolishidan qochishga qaratilgan, 23 martgacha amal qiluvchi vaqtinchalik byudjyetni qabul qildi.
Qonun loyihasi uchun 245 deputat ovoz bergan, 182 nafari qarshi chiqqan.
Senatda loyiha yana o‘zgarishlarga uchrashi kutilmoqda, jumladan harbiy xarajatlar miqdori yana kamaytiriladi.
Respublikachilar va demokratlar senatda byudjyet bo‘yicha murosaga kelolmayaptilar. Ko‘pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar byudjyetni demokratlar qo‘llab-quvvatlovisiz qabul qila olmaydi. Kelishmovchiliklarga byudjyetdagi xarajatlar ko‘rsatkichlari hamda immigratsiyaga taalluqli choralar sabab bo‘lmoqda.
AQSh vaqtinchalik byudjyet bo‘yicha 2017 yil oktabrda boshlangan yangi moliyaviy yil boshidan yashab kelmoqda. Yanvarda federal idoralar navbatdagi vaqtinchalik byudjyet qabul qilinishi kechikishi sababli 3 kun uzilishlar bilan ishlagan, so‘ngra 8 fevralgacha amal qiluvchi vaqtinchalik byudjyet loyihasi qabul qilingandi.
Mavzuga oid
10:33
AQSh O‘zbekiston fuqarolariga ham immigratsion viza berishni to‘xtatdi
08:41
Eron AQShning ehtimoliy zarbasi haqidagi xabarlar fonida osmonini yopdi
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
22:42 / 14.01.2026