Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muqaddam sudlangan fuqarolar va ular qarindoshlarining ishga joylashishi osonlashadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Deputatlarning fikriga ko‘ra, fuqarolarning mehnat qilish hamda ilgari sudlangan yoki yaqin qarindoshlari sudlangan shaxsning erkin ish tanlash huquqi qonunlarda aniq nazarda tutilmagan va amaliyotda yaqin qarindoshlarining sudlanganligi asosida shaxsni ishga qabul qilishni rad etish hollari kuzatilmoqda.
Xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, Fransiya, Latviya, AQSh, Buyuk Britaniya qonunlarida turli belgilariga ko‘ra kamsitish, shu jumladan shaxsning sudlanganligi asosida uni ishga qabul qilishni rad etish taqiqlangan.
Deputatlarning ta'kidlashicha, Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar davlat xizmatiga sadoqatli, tashabbuskor kadrlarni jalb etishga, mehnat qilish hamda ishni erkin tanlash huquqi kafolatlarining kuchaytirilishiga xizmat qiladi.
Munozaralar yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi ma'qullandi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
11:42 / 18.03.2026