O‘zbekiston | 19:30 / 07.02.2018
8649
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati bo‘yicha qaror imzoladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 107 nafar bo‘lgan markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va Turizmni rivojlantirish departamentlarining namunaviy tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, xodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida qo‘mita markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati xodimlarining soni bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi, jumladan:

birinchi bosqich — 2018 yil 10 fevraldan Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 79 nafargacha;
ikkinchi bosqich — 2019 yil 1 yanvardan Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 107 nafargacha yetkaziladi.

Belgilab qo‘yilishicha, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri Turizmni rivojlantirish departamentlari, shuningdek, Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2016 yil 2 dekabrdagi PQ–2666-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid