Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir ishlangan klip maxsus Badiiy kengash nazoratidan o‘tadigan bo‘ldi
O‘zbekkonsert davlat muassasasi tomonidan joriy yilning 1 fevralidan boshlab kliplar bo‘yicha Badiiy kengash faoliyati ishga tushdi. Bu haqda muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Shunga muvofiq 2018 yil 1 fevral sanasidan boshlab qo‘shiqlar va unga ishlangan videokliplar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi kliplar nazorati bo‘yicha Badiiy kengashga taqdim etiladi. Agar kliplar taqdim etilmay, omma e'tiboriga havola etilsa, xonandaga nisbatan qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda jazo joriy etiladi.
Bundan maqsad, o‘zbek mentalitetiga mos bo‘lmagan, ma'naviy sayoz kliplar chiqishining oldini olishdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, nafaqat telekanallar orqali, balki internet tarmog‘ida uzatiladigan kliplar ham ushbu Badiiy kengashga taqdim etilishi shart etib belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:06 / 09.05.2025
«Haqiqat so‘rayman» – klip syomkasida aktrisani «Gelik» bosib ketgani yuzasidan sud boshlandi
10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi
17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi
20:46 / 19.07.2024