
2024 yilning 7 noyabr kuni xonanda Ozoda Nursaidovaning «Dilbarim» qöşiği uçun klip suratga oliş jarayonida baxtsiz hodisa yuz berib, aktrisa Sabrina Jabborovani avtomobil bosib ketgan. Bu haqda aktrisaning özi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.
Sabrinaning sözlariga köra, Mercedes-Benz G-klass (“Gelendvagen”) boşqaruvida voyaga yetmagan boşqa aktrisa S.M. bölgan. U ham klipda suratga tuşayotgan bölgan.
«Voyaga yetmagan aktrisa operator va rejissyor Ş.M.ning körsatmasi bilan gaz pedalini bosgan, biroq öşa paytda maşina boşqaruvini yöqotgan. Maşinaning ğildiraklari Sabrina ustidan ikki marta ötib ketdi: oldingi ğildiragi butunlay uning ustidan ötgan, orqa ğildiragi esa qizning ustida aylanib ketgan. Voqea natijasida Sabrinaning tos suyagi singan, boşqa a’zolari oğir jarohat olgan», – deyiladi Jabborovaning Instagram'dagi sahifasida qoldirilgan ma’lumotda.
Jabrlanuvçiga birinçi yordam vaqtida körsatilmagani natijasida köp qon yöqotgan. Keyin uni 4-sonli kasalxonaga olib borişgan, 9 soatlik operatsiyadan söng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq, jarrohlik amaliyoti notöğri bajarilgani natijasida, uning çap oyoği öng oyoğidan 7 sm uzunroq bölib, qiz nogiron bölib qolgan.

Ayni vaqtda, şifokorlar qizning salomatligini tiklaş uçun uning tos suyagini sindirib, suyaklarni töğrilaş kerakligi, bunday operatsiyalar juda kamdan kam holatlarda muvafaqqiyatli ötişini aytgan.
Sabrina yordam sörab qilgan murojaatida maşina rulidagi voyaga yetmagan qizni «suratga oliş jarayoniga A.Q. olib kelgani va unga haydaşga ruxsat bergani»ni yozib qoldirgan.
Uning sözlariga köra, suratga oliş taşkilotçilari va boşqa aybdor şaxslar jabrlanuvçiga yetarliça yordam körsatmagan. Faqatgina 4 oy davomida «filmni suratga olişda texnik qoidalarni buzganligi» uçun jarima sifatida 500 dollar tölab turgan.
















