Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida 16 yoşli şaxsning klip syomkasi vaqtida yöl-transport hodisasini sodir etgani böyiça sud jarayoni boşlandi.
Voqea 2024 yil noyabr oyida, xonanda Ozoda Nursaidovaning qöşiği uçun klip suratga oliş jarayonida röy bergan. Unda voyaga yetmagan aktrisa S.M. Mercedes-Benz G-Class avtomobilida boşqa aktrisa Sabrina Jabborova va yana bir fuqaroni bosib ketgan. Holat yuzasidan “transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş” (JK 266-moddasi 1-qismi) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Mening yurtim» telekanali xabariga köra, 8 may kuni bu jinoyat işi sudda körila boşlangan.
Hodisa yuzasidan sud-tibbiy va avtotexnika ekspertizalari ötkazilgan. Sabrina Jabborova oğir, boşqa bir jabrlanuvçi yengil tan jarohati olgan.
Jabborova YTHdan söng oğir jarohatlar olib, dastlab Özbekistonda, keyinroq Turkiyada davolanib qaytdi.
«[Suddan] haqiqat sörayman, mening soğligimni körib turibsiz, çalajon bölib qoldim. Tuğa olmayman, yarim nogiron bölib qoldim. Har bir operatsiya köriş qobiliyatimga ham ta’sir qilyapti. Albatta, Ozoda Nursaidova pul tölab, operatsiyamizga yordam berdi», degan jabrlanuvçi telekanal muxbiri bilan suhbatda.
Haydovçilik guvohnomasisiz avtomobil boşqargan sudlanuvçi qizning onasi esa qiziga maşina boşqariş haqidagi topşiriqni s’yomka guruhidagilar berganini aytgan.
«Oyoğidagi krossovkasini yeçib, kabluk kiydirişgan. Özlaringiz bilasiz, kabluk bilan maşina haydaş mumkin emas. U haydamayman, hayday olmayman deganiga qaramay, haydaşing kerak, ssenariyda körsatilgan deb, unda komanda berilgan. U yoş bola-da, qilişim kerak ekan deb, haydagan. Syomka guruhidagilar buning yoş qizligini, «prava»si yöqligini bilişi kerak edi-ku, xavfsizlik texnikasini ta’minlaşi kerak edi-ku», – degan sudlanuvçining onasi.
S.M.ni klip s’yomkasiga jalb qilgan rejissyor Ahad Qayum unga maşina boşqarişo‘ topşiriğini u bermaganini aytdi, şu bilan birga, qizni klipga tavsiya etayotganda «maşina haydaşni biladi» deb aytganini tasdiqladi.

















