Jahon | 20:17 / 08.02.2018
17356
2 daqiqa o‘qiladi

BAA 10 martdan e'tiboran qozog‘istonliklarga vizani bekor qiladi

Foto: Getty Images

Qozog‘istonliklar 2018 yil 10 martdan e'tiboran Birlashgan Arab Amirliklariga vizasiz bora olishadi. Bu haqda BAAning Qozog‘istondagi elchixonasiga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.

«Qozog‘istonning do‘stona xalqini 10 martdan e'tiboran Qozog‘iston fuqarolariga Birlashgan Arab Amirliklarida 30 kun vizasiz yurish rejimi kuchga kirayotgani bilan tabriklaymiz», deyiladi Elchixonaning Tvitterda qoldirilgan xabarida.

Bundan sal oldinroq Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov Birlashgan Arab Amirliklari bilan viza rejimi holati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi:

«Viza rejimiga bog‘liq holat bir tomondan rejimning yengillashtirilishini nazarda tutsa, bizning holatimizda migratsion nazorat va xavfsizlik masalalari, jumladan, milliy xavfsizlikning samaradorligini oshirishni talab etadi», — degan Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdurahmonov.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid