Jahon | 12:20 / 08.02.2018
7671
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada koalitsiya aviazarbalari tufayli yuzdan ortiq inson halok bo‘ldi – OAV

Foto: Reuters

AQSh rahbarligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan Suriya prezidenti Bashar Asad tarafdorlariga qarata chorshanba, 7 fevral kuni berilgan aviazarba vaqtida yuzdan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi amerikalik amaldorga asosan xabar tarqatdi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, shunday katta yo‘qotishlar hujum qanday miqyosda bo‘lganidan dalolat beradi. 

Faqatgina Suriya hukumatiga yaqin bo‘lgan kuchlar tomonidan taxminan 500 kishi artileriya, tanklar, olib yuriluvchi zenit raketa majmuasi va minomyotlar qo‘llab-quvvatlovi bilan jalb etilgan, deya aniqlik kiritdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid