Jahon | 18:01 / 10.02.2018
16922
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada mikroavtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar ko‘p

Foto: Yeni Safak

Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida mikroavtobus hamda yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Yo‘l-trasport hodisasi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi va yana sakkiz inson turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda Yeni Safak xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, voqea joyiga tez yordam, politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelgan. Mintaqaviy prokuratura rahbari Do‘g‘an Perl ham hodisani surishtiruvdan o‘tkazish jarayonida ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Turkiyaning Eskishahar viloyatida ichida bolalar bo‘lgan maktab avtobusi noma'lum sabablarga ko‘ra trassa yonidagi daraxtga kelib urilgandi. Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, 44 inson jarohat olgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid