Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada fojia, maktab avtobusi ishtirokidagi YTHda 11 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Eskishahar viloyatida ichida bolalar bo‘lgan maktab avtobusi noma'lum sabablarga ko‘ra trassa yonidagi daraxtga kelib urildi. Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 44 inson jarohatlandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Avtobus maktab o‘quvchilarini Anqaradan Bursaga ekskursiya uchun olib ketayotgan bo‘lgan. Ba'zi bolalar ota-onalari bilan birga bo‘lishgani aytilmoqda. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtohalokatga yo‘lga otilib chiqqan hayvon sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
«Jarohat olganlar kasalxonaga yetkazildi, ularning holati tashvish uyg‘otmayapti. Prokuratura surishtiruvni boshladi, haydovchilar qo‘lga olindi», - deya aytib o‘tdi viloyat gubernatori O‘zdemir Chakajak.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026