Jahon | 14:44 / 10.02.2018
25747
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Sindzo Abening taklifiga ko‘nmadi

Foto: Yonhap

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralar davomida yaqin vaqt ichida AQSh ishtirokida harbiy mashqlarni tiklash bo‘yicha taklifni rad etdi. Bu haqda «Ryonxap» Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati rasmiy vakiliga asosan xabar berdi.

«Mening tushunishim bo‘yicha, bosh vazir Abe Amerika-Janubiy Koreya mashqlarini KXDRni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha muzokaralarda o‘zgarish bo‘lguncha qadar kechiktirib turmaslikni so‘ragan», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakilining qo‘shimcha qilishicha, bu taklif mamlakat suvereniteti masalasiga aloqador bo‘lib, bunday bayonotlar bilan chiqish unchalik ham to‘g‘ri emas.

«Biroq bu bizning suverenitetga aloqador hamda ichki ishlarga aralashuv sanaladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir tomonidan bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonot berish noo‘rin bo‘ldi», - deya xulosa qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR delegatsiyasi bilan shanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pxenyanni Vashington bilan muloqotni boshlashga chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid