08:33 / 12.02.2018
109440

Andijonda A 001 AA avtomobil raqami rekord summaga xarid qilindi

Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi kishilardan biri viloyat uchun rekord summaga chiroyli avtoraqam xarid qildi, deb yozadi auz.uz.

O‘tgan yilning 1 sentabridan mamlakatimizda avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamlarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha, kimoshdi savdosi o‘tkazish yo‘li bilan sotish tartibi joriy etilgan edi.

Chiroyli avtoraqamlar auksionida davlat avtomobil raqamlarining yakuniy narxlari bo‘yicha bir nechta rekordlar qayd etishga ulgurdi.

Andijon viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i A.Qo‘chqorovning ma'lum qilishicha, shu kungacha internet orqali o‘tkazilgan savdolarda yuzga yaqin raqamlar jismoniy va yuridik shaxslarga sotildi va bundan 1,5 milliard so‘mga yaqin kirim qilingan.

Ularning orasida eng qimmati 60 A 001 AA avtoraqami bo‘ldi. Uning uchun 83 million so‘m taklif etildi. Undan keyingi o‘rinlarda 60 007 AAA va 60 777 VAA raqamlari ham yuqori narxlarga sotilgan.

Top