Fransiya kompaniyalari 3,5 mln ishsiz orasidan kerakli xodimlarni topa olmayapti
Fransiya kompaniyalari mamlakatda ishsizlik darajasi yuqori ekaniga qaramay, kerakli xodimlarni topa olmayapti. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
«Taxminan 3,5 mln kishi ishsiz sanaladi. O‘tgan yili vakansiya haqidagi takliflarning 200-330 mingtasiga hech kim qiziqish bildirmadi», - deyiladi Fransiyaning ishga joylashtirish bo‘yicha milliy agentligi materiallarida.
Kompaniyalar bunday statistikaga asosiy sabab nima bo‘lganini ma'lum qilishmoqda – lavozimga mos tushadigan nomzodlar yo‘qligi.
Ma'lum bo‘lishicha, Fransiya hukumati bu muammoni hal etishga harakat qilmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ta'lim va professional tayyorgarlik sohasiga 15 mlrd yevro mablag‘ yo‘naltirishni va'da berdi.
Mavzuga oid
13:52
Fransiya O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish jarayonini yo‘lga qo‘yadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024