Jahon | 16:40 / 12.02.2018
5251
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ rahbari Olimpiadadan so‘ng KXDRga boradi

Foto: Reuters

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Pyongchangdagi qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng Shimoliy Koreyaga tashrif bilan boradi. Bu haqda Reuters o‘z manbasiga asosan xabar qilmoqda.

Texnik jihatdan hali ham urush holatida bo‘lib turgan Shimol va Janub sportchilari O‘yinlarning ochilish marosimida birlashishdi hamda shaybali xokkey bo‘yicha birgalikda ayollar terma jamoasini shakllantirishdi.

Manbaning ta'kidlashicha, Baxning tashrifi «Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng qachondir amalga oshiriladi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid