Jahon | 08:10 / 12.02.2018
24492
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili buvisining onasi Stalinni qutqarib qolgani haqida so‘zlab berdi 

Foto: Vikipediya

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili buvisining onasi o‘z vaqtida Iosif Stalinni qutqarib qolgani haqida so‘zlab berdi. U bu haqda Facebook’da yozgan. 

“Buvimning onasi Tamara Stalinni jandarmlardan qutqarib qolgani, otasi – boy sanoatchining uyidan olib chiqqani, Stalin esa bu yaxshilikka ularning mulkini musodara qilish va otasi hamda akasini yo‘q qilish bilan javob qaytargani haqida so‘zlab bergandi”, deb aytgan Saakashvili.  

Saakashvili bu voqeani “Stalinning o‘limi” filmini tomosha qilgandan keyin eslagan. U Rossiyada taqiqlanishi so‘ralgan bu filmga ijobiy baho bergan. 

Rossiyada ushbu film noroziliklarga sabab bo‘lgan. Bir qator rossiyalik siyosatchi va madaniyat arboblari film tomoshasidan keyin uni prokatdan qaytarib olishni talab qilishgan. 

Jumladan, ularning Rossiya madaniyat vaziri nomiga yozgan maktublarida Britaniya kinoijodkorlari tomondan yaratilgan film “fashizmni mag‘lub etgan Rossiya fuqarolarining xotirasini bulg‘alovchi komediya” deb atalgan. Shuningdek, aktyorlarning yomon ijrosi, beo‘xshov dekoratsiyalar tanqid qilingan. Bundan tashqari, filmda keltirilgan axborot ekstremistik va inson qadr-qimmatini kamsituvchi deb baholanishi mumkinligi aytilgan.    

Mavzuga oid