Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili buvisining onasi öz vaqtida Iosif Stalinni qutqarib qolgani haqida sözlab berdi. U bu haqda Facebook’da yozgan.
“Buvimning onasi Tamara Stalinni jandarmlardan qutqarib qolgani, otasi – boy sanoatçining uyidan olib çiqqani, Stalin esa bu yaxşilikka ularning mulkini musodara qiliş va otasi hamda akasini yöq qiliş bilan javob qaytargani haqida sözlab bergandi”, deb aytgan Saakaşvili.
Saakaşvili bu voqeani “Stalinning ölimi” filmini tomoşa qilgandan keyin eslagan. U Rossiyada taqiqlanişi söralgan bu filmga ijobiy baho bergan.
Rossiyada uşbu film noroziliklarga sabab bölgan. Bir qator rossiyalik siyosatçi va madaniyat arboblari film tomoşasidan keyin uni prokatdan qaytarib olişni talab qilişgan.
Jumladan, ularning Rossiya madaniyat vaziri nomiga yozgan maktublarida Britaniya kinoijodkorlari tomondan yaratilgan film “faşizmni mağlub etgan Rossiya fuqarolarining xotirasini bulğalovçi komediya” deb atalgan. Şuningdek, aktyorlarning yomon ijrosi, beöxşov dekoratsiyalar tanqid qilingan. Bundan taşqari, filmda keltirilgan axborot ekstremistik va inson qadr-qimmatini kamsituvçi deb baholanişi mumkinligi aytilgan.

















