Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari o‘zgardi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Zohid Dusanov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi PQ-3525-sonli qaroriga ko‘ra, mazkur agentlikka rahbar etib Aziz Abdullayev tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Nozim Berdiyev, o‘rinbosar etib Alisher Temirov tayinlandi.
Aziz Abdullayev shu vaqtgacha “Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
11:43 / 23.05.2024
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi
17:11 / 16.02.2024
O‘zbekistonda Bar-VIPS dori vositasining sertifikatlashtirilmagan seriyasi sotuvga chiqarilgani aniqlandi
20:05 / 24.01.2024
Dorilar bilan bog‘liq ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlash uchun farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi
12:33 / 11.01.2024