Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamaga yuborilgan kukun bolalar terisiga sepiladigan vosita bo‘lib chiqdi – OAV
AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning Vashingtondagi ofisiga noma'lum kishilar tomonidan konvertda yuborilgan oq rangli kukunsimon modda bolalar terisiga sepiladigan vosita bo‘lib chiqdi. Bu haqda tergovning dastlabki natijalariga iqtibos keltirgan holda Fox 5 telekanali xabar berdi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, konvert Obama ofisida aniqlangandan keyin voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chirish xizmati, FQB va maxfiy xizmat xodimlari yetib kelishgan. Voqea oqibatida hech kimga zarar yetmagan. Telekanal ma'lum qilganidek, konvert Hongkongdan yuborilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:30 / 23.06.2026
Maoshni konvertda beradigan ish beruvchiga qanday jazo bor?
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026