09:16 / 14.02.2018
14233

Obamaga oq kukun solingan maktub jo‘natildi

Foto: REUTERS/ Joshua Roberts

13 fevralda AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning Vashingtondagi ofisiga Hongkongdan ichida oq rangli kukun bo‘lgan maktub jo‘natilgan. Shubhali konvert ochilgandan keyin politsiya chaqirtirilgan. Bu haqda Fox 5 telekanali xabar berdi.

Obama Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi binosida ofis ijaraga olgan. Maktub Hongkongdan jo‘natilgan va ort manzili ko‘rsatilmagan. 

Avvalroq shunga o‘xshash konvert Donald Trampning o‘g‘li va kelini yashaydigan manzilga jo‘natilgan edi. Trampning kelini konvertni ochgandan keyin ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga jo‘natilgan. Ta'kidlanishicha, konvertdagi oq kukun xavfli bo‘lmagan.  

Top