Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Putin bilan gaplashdi
Foto: Possiya 24
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda «Zerkalo nedeli» nashri Poroshenko ma'muriyatiga asosan xabar bermoqda.
«Ukraina prezidenti Rossiya prezidenti bilan ukrainalik asirlarni ozod etishni faollashtirish, asirga olingan chegarachilarni almashish va bosib olingan hududlarda ukrainalik harbiylarni ozodlikka chiqarish bo‘yicha telefon muloqoti o‘tkazdi. Shuningdek, Normand to‘rtligi davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvining kun tartibi muhokama qilindi, u Myunxenda 16 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak», - deya xabar berishgan Ukraina prezidenti matbuot xizmatidan.
Davlat rahbari ma'muriyatidan ta'kidlashlaricha, telefon muloqoti normand shakli bo‘yicha hamkorlar bilan muvofiqlashgan holda bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
15:23 / 20.03.2026