Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda «Zerkalo nedeli» naşri Poroşenko ma'muriyatiga asosan xabar bermoqda.
«Ukraina prezidenti Rossiya prezidenti bilan ukrainalik asirlarni ozod etişni faollaştiriş, asirga olingan çegaraçilarni almaşiş va bosib olingan hududlarda ukrainalik harbiylarni ozodlikka çiqariş böyiça telefon muloqoti ötkazdi. Şuningdek, Normand törtligi davlatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvining kun tartibi muhokama qilindi, u Myunxenda 16 fevral kuni bölib ötişi kerak», - deya xabar berişgan Ukraina prezidenti matbuot xizmatidan.
Davlat rahbari ma'muriyatidan ta'kidlaşlariça, telefon muloqoti normand şakli böyiça hamkorlar bilan muvofiqlaşgan holda bölib ötgan.

















