Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Merkeldan yordam so‘raganini rad etmoqda
Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili GFR kansleri Angela Merkeldan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshilik ko‘rsatishda yordam so‘ragani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Seshanba kuni Germaniyaning Bild nashri Mixail Saakashvili Germaniya kansleri Angela Merkel hamda YeIdan yordam so‘ragani haqida xabar tarqatdi. Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda unga niqob kiygan erkaklar hujum qilib, uni xususiy samolyotda Polshaga olib chiqib ketishgan. Saakashvili bu ishning ortida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko turibdi degan fikrda. «Agarda Yevropa ittifoqi va birinchi navbatda Angela Merkel nimadir qilmaydigan bo‘lsa, Ukraina vayron bo‘ladi. Poroshenko bu mamlakatni vayronaga aylantirmoqda hamda meni uzoqroqqa yuborishni xohlamoqda, sababi men korrupsiyani fosh etmoqdaman», - deya aytib o‘tdi Saakashvili.
"Kantsler haqidagi bu ma'lumot qayerda paydo bo‘lganini tushuna olmayapman, sizlarga bu haqda kim aytdi. Men Merkel bilan yaxshi tanishman, biroq unga murojaat qilmadim", - deya ma'lum qilgan Saakashvili Gruziyaning "Rustavi 2" telekompaniyasi efirida.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
16:13 / 17.03.2025