Jahon | 17:43 / 14.02.2018
5152
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Iroqni tiklashga 1,5 mlrd dollar ajratadi

Foto: AP

Saudiya Arabistoni Iroqni tiklashga 1,5 mlrd AQSh dollari ajratishga tayyor. Bu haqda podshohlik TIV rahbari Odil al-Jubayr Al-Kuvaytdagi Iroqni tiklash bo‘yicha xalqaro anjumanda ma'lum qildi.

"Saudiya Arabistoni Iroqni tiklash va podshohlikdan Iroqqa eksportni moliyalashtirish uchun 1,5 mlrd dollar ajratadi", - deya aytib o‘tdi al-Jubayr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroqni tiklash taxminan qanchaga tushishi ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid