Jamiyat | 23:10 / 15.02.2018
29903
2 daqiqa o‘qiladi

AI-95 narxi 7 ming so‘mdan oshdi

Foto: KUN.UZ

2018 yil 15 fevraldan e'tiboran O‘zbekistondagi yagona monopol tashkilot “O‘zbekneftegaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-95 benziniga yangi qiymat belgilandi. Shunday qilib, ushbu benzinning bir litri 7200 so‘mdan sotila boshlandi. Shu vaqtga qadar uning bir litri 6500 so‘m edi. 

Qayd etish o‘rinliki, neft mahsulotlari importi bilan shug‘ullanuvchi mutlaq monopol “Jizzakh Petroleum”ning yoqilg‘i quyish shoxobchalarida bir litri 8500 so‘mdan sotilayotgan AI-95 narxi 8000 so‘mgacha tushirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev 2017 yil yakunida XPKda bo‘lib o‘tgan sessiyada benzin va boshqa turdagi mahsulotlarning qiymati 2018 yilda rejali ravishda, bosqichma-bosqich oshirilishini qayd etgan edi. Shunga muvofiq, aytish mumkinki, yaqin oylarda AI-95 dan quyi benzin turlari narxi ko‘tarilishi ehtimoli yo‘q emas. 

Mavzuga oid