Özbekistonda AI-95 benzini narxi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqorilardan biri bölib qolmoqda, garçi jahon miqyosida bu körsatkiç örtaça darajadan past bölsa-da. GlobalPetrolPrices ma’lumotlariga köra, respublikada 1 litr benzin Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Belarus va Ozarboyjondagidan qimmatroq turadi.
2026 yil 6 iyul holatiga köra, Özbekistonda 1 litr benzinning örtaça narxi 1,342 dollarni taşkil qiladi. Şu bilan birga, jahon böyiça örtaça narx bir litr uçun qariyb 1,46 dollarni taşkil etadi. Şu sababli Özbekistondagi körsatkiç hozirça global örtaça darajadan past, biroq MDH va Markaziy Osiyoning köplab mamlakatlarinikidan ança yuqori.
Qöşni davlatlar bilan soliştirganda, Özbekiston avtomobil yoqilğisi narxi böyiça mintaqadagi eng qimmat mamlakatlardan biri bölib qolmoqda. Taqqoslaş uçun: Turkmanistonda 1 litr benzin narxi 0,43 dollarga töğri keladi — bu dunyodagi eng past körsatkiçlardan biridir. Ozarboyjonda — 0,676 dollar, Qozoğistonda — 0,687 dollar, Rossiyada — 0,940 dollar, Qirğizistonda — 1,016 dollarni taşkil etadi. MDH hududida benzini eng hamyonbop davlatlar qatoriga kiruvçi Belarusda ham yoqilği narxi arzonroq (0,942 dollar).
Benzinning eng arzon narxlari bir qator mamlakatlarda qayd etilgan bölib, ularda 1 litr yoqilği jahondagi örtaça narxdan bir neça baravar arzon. Liviyada 1 litr yoqilği narxi taxminan 0,02 dollarni taşkil etadi va bu uni yoqilği arzonligi böyiça mutlaq yetakçiga aylantiradi. Şuningdek, Eronda bu körsatkiç 0,03 dollarni, Venesuelada taxminan 0,04 dollardir.
Benzinning eng yuqori narxi Hongkongda qayd etilgan - 4,06 dollar. Şuningdek, Malavi (3,23 dollar) va Daniya (2,60 dollar) ham benzin narxi eng qimmat davlatlar uçligiga kiradi.












