Jamiyat | 08:54 / 15.02.2018
24378
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda kollej o‘quvchisining jasadi topildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiyatosh tumanida Sh.Rashidov ko‘chasi 16-uyda yashagan, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi, A.S.ning boshida jarohatlari bilan jasadi uyidan topilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni A.S.ning birga yashovchi qarindoshi, 1988 yilda tug‘ilgan T.B. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid