Jahon | 08:41 / 15.02.2018
9119
2 daqiqa o‘qiladi

«Ma'no yo‘q» - Tramp va Abe KXDRni muhokama qildi

Foto: Time

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va AQSh prezidenti Donald Tramp bir soatdan ko‘proq davom etgan o‘zaro telefon muloqoti davomida Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazish kerakligini tasdiqlashdi. Shuningdek, ular savdo masalalarini muhokama qilishgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi hujjatiga tayangan holda.

«Har ikki yetakchi Shimoliy Koreyaga maksimal bosim o‘tkazishda davom etish kerakligini tasdiqlashdi, shuningdek, Shimoliy Koreya yadro qurolidan xoli hududga to‘la aylanmagunga va bunga isbotlar taqdim etilmagunga qadar bu davlat bilan muloqot o‘tkazishdan hech qanday ma'no yo‘qligini bildirishdi», - deya xabar qilinadi hujjatda.

Shuningdek, yetakchilar iqtisodiy masalalarni muhokama etishgan. Davlat rahbarlari yapon kompaniyalarining AQShga sarmoyalari haqida fikr almashishdi – ularning natijasida Tramp saylanganidan beri 25 mingta ish o‘rni yaratildi.

Mavzuga oid