Zidan kichik murabbiy emas. «Real» va Ronaldu mavsumni qutqardi
Chempionlar ligasining eng yulduzli juftligi birinchi o‘yinni o‘tkazdi. O‘yin atrofida jadal muhokamalar boshlanib ketdi. Unai Emeridan mag‘lubiyat Zidanni iste'foga yo‘llashi mumkin edi, ammo «Qirollik klubi»ning irodali g‘alabasi vaziyatni keskin o‘zgartirdi.
Chempionlar ligasi, 1/8 final. Birinchi o‘yin
ReAL - PSJ - 3:1 (1:1)
Gollar: Rabo, 33 (0:1). Ronaldu, 45 - penalti (1:1). Ronaldu, 83 (2:1). Marselu, 86 (3:1).
Real: Navas, Nacho, Varan, Serxio Ramos, Marselu, Modrich, Kroos, Kazemiru (Vaskes, 79), Isko (Asensio, 79), Benzema (Beyl, 68), Krishtianu Ronaldu.
PSJ: Areola, Dani Alves, Kimpembe, Markinyus, Berchiche, Verratti, Lo Selso (Draksler, 84), Rabo, Mbappe, Kavani (Mene, 66), Neymar.
Ogohlantirishlar: Neymar, 15. Lo Selso, 25. Isko, 33. Rabo, 64. Nacho, 78. Mene, 90.
Javob o‘yini - 7 mart.
O‘tgan yil dekabrida «Real» Amirliklarda navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritgandi. Madridliklar yarim finalda mahalliy «Al-Jazira»ni, finalda esa Braziliyaning «Gremio» klubini mag‘lub etdi hamda sayyoraning eng kuchli klubi maqomini saqlab qoldi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Real» ustozi o‘ziga ishonch bilan gapirdi. Bu uning to‘liq bo‘lmagan ikki yilidagi sakkizinchi sovrin bo‘lgandi: Ispaniya chempionligi va Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasidagi ikki g‘oliblik, ikki UYeFA Superkubogi va ikki marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi. Rekord grafik.
«Real»ning o‘sha o‘yindagi g‘alaba goliga Krishtianu Ronaldu muallif bo‘lgandi. U o‘yindan keyin maqtana boshladi, hatto «Barselona» manziliga atalgan so‘zlarini bildirdi. «Real» o‘shanda ikki kun o‘tib «Barselona»ga qarshi o‘ynashi kerak edi: «Barselona» biz uchun «chempionlik yo‘lagi» qilsa yaxshi bo‘lardi. Men shuni istayman. Umid qilamanki, biz chempionlik uchun kurashni o‘z foydamizga hal qilamiz. Biz endi o‘z kuchimizga yanada ko‘proq ishonmoqdamiz».
... Katalonlar klubi koridor tashkil etishmadi. Buning o‘rniga «Santyago Bernabeu»da 3:0 hisobida g‘alaba qilib ketishdi va «Real» bilan oradagi farqni 14taga yetkazishdi. Keyinroq «Real» «Selta» va «Vilyarreal»ga yutqazdi, «Leganes» madridliklarni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi. Amirliklardagi g‘alabadan keyingi pafos g‘oyib bo‘ldi, hamma Zidanning iste'fosi haqida gapira boshladi. «PSJ»ga qarshi o‘yin uning taqdirini hal qilishi bilan ham ahamiyatli edi.
«PSJ» qur'a tashlash marosimidan keyinoq «Real»ga qarshi o‘yinga tayyorlana boshladi. Ichki chempionatda Emeri qurgan jamoaga teng raqib yo‘q edi. 2018 yil davomida «PSJ» Madridga safar qilgunicha Fransiyada 11 uchrashuv o‘tkazdi va faqat «Lion»ga yutqazdi. Bu o‘yinlarda parijliklar jamoasi 37 gol urib, 8 gol o‘tkazdi. Klub bosslari uchun ichki chempionatdagi zafarlar ortiq qiziq emas, ular Chempionlar ligasidagi katta zafarlarni orzu qilishmoqda edi.
O‘yin kutilganidek boshlandi. Ikki jamoa ham faqat g‘alaba uchun o‘ynayotganini namoyish etdi. Futbolchilar faqat olg‘a harakat qilishdi. Neymar driblinglar ishlatar, tribuna unga hushtakbozlik qilardi.
O‘yin boshida ustunlik parijliklar tarafida bo‘ldi. Kavani darvozabon bilan birma-bir vaziyatga chiqdi, ammo o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi. Ushbu urugvaylik futbolchi belidagi muammo tufayli bu o‘yinda maydonda tushishi oxirgi daqiqalargacha so‘roq ostida qolayotgandi. Ammo o‘zining tug‘ilgan kunida u baribir maydonga chiqdi.
E'tiborli statistika: shu vaqtga qadar «PSJ» 14 fevral kuni 10 marta o‘yin o‘tkazgan va 7 g‘alabaga erishib, 3 marta durang o‘ynagan, biron marta ham yutqazmagandi.
Ammo endi bu statistika buzildi. Bu o‘yinda o‘zini ko‘rsatishi kutilgan Neymar sariq kartochka olish bilan o‘yin protokoliga kirdi.
O‘yin boshida «PSJ» ustunlik qilayotgandi. Neymar qanotdan uzatilgan to‘pga yeta olmadi, ammo Rabyu bu to‘pga yeta oldi va hisobni ochdi.
Lekin bu o‘yinda Mbappe ham, Kavani ham o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.
Birinchi bo‘lim oxiriga bori «Real» ustunlikni o‘z qo‘liga ola boshladi. Odatga ko‘ra, Benzema hujumni gol bilan yakunlay olmadi, ammo to‘p Kroosga kelib tushdi, uni esa Lo Selso fol bilan to‘xtatdi.
Hakam penalti belgiladi, Krishtianu Ronaldu o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi va «Real» safida Chempionlar ligasidagi 100-golini urdi.
Tanaffusdan keyin shou davom etdi. «PSJ» goh pozitsion, goh qarshi hujumlarda o‘ynay boshladi. Navas zerikmadi. «Real» ham ahyon-ahyonda oldinga o‘tib turdi va vaziyatlar yaratdi. Futbolchilar almashtirilishi vaqti kelganida esa tomonlar durangga rozi bo‘layotgandek ko‘rindi.
Ammo bunday emasdi. Emeri hujumchi o‘rniga himoyachi tushirdi, Mene Kavanini almashtirdi. Zidan esa tayanch yarim himoyachisi Kazemiro o‘rniga hujumkor yarim himoyachi Vaskesni, vaziyatlarni yo‘qqa chiqarish bilan mashg‘ul Benzema o‘rniga Garet Beylni, Isko o‘rniga esa hujumkorlikda undan kam bo‘lmagan Asensioni maydonga tashladi.
83-daqiqada raqib jarima maydonchasida to‘p Ronalduga tegib darvozaga kirib ketdi. Areola Asensioning zarbasini qaytargandi, ammo to‘p Ronalduning tizzasiga borib tushdi. Omad.
Madridliklar shundan keyin ruhiy ustunlikka erishdi va o‘yin oxirida Marselo «PSJ»ni ko‘mib qo‘ya qoldi. Yana Zidan maydonga tashlagan Asensio yordamida.
Albatta, «Real» Parijdagi javob o‘yinida osonlik bilan natijaga erishmadi. Jamoa o‘z uyida darvozasini quruq saqlay olgani yo‘q va jamoa futbolchilari safar o‘yinida diqqatni yo‘qotmasliklari talab etiladi. Shu bilan birga endilikda Parijdagi o‘yin natijasi Emeri iste'fosiga olib kelishi mumkin bo‘lib qoldi.
Mavzuga oid
11:53 / 25.11.2024
«Real» «Barsa»ga yetib olmoqda, Saloh «Liverpul»ni qutqardi. Kun o‘yinlari
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
00:08 / 07.11.2024
«Real» o‘z yo‘liga tushib olishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan 6 masala
13:17 / 06.11.2024