Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda baliqchilik rivojiga 100 mlrd so‘m ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Buxorobaliqsanoat” mas'uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident xalq dasturxoni to‘kinligini ta'minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga doimiy e'tibor qaratmoqda. Hududlarning bu boradagi imkoniyatlarini oqilona ishga solish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda.
“Buxorobaliqsanoat” tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi.
Qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Prezident Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta'kidladi. Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard so‘m ajratish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
17:38 / 11.06.2026
Prezident huzurida baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish choralari muhokama qilindi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026