O‘zbekiston | 14:10 / 16.02.2018
33709
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Buxoroga tashrifini maqbara ziyoratidan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maqbarada qur'on tilovat qilingan.

Davlat rahbari mamlakatimizda, jumladan, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar ko‘pligi, ularni ziyorat qilish yurtdoshlarimiz uchun ham qarz, ham ulkan saodat ekanini ta'kidlagan, yosh avlodni ajdodlarimizning ma'naviy merosi asosida tarbiyalash haqida so‘z yuritilgan.

Shu yerda Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavallud sanalarini nishonlash, «Yetti pir» nomi bilan mashhur qadamjolarni obodonlashtirish loyihalari haqida ma'lumot berilgan.

«Shavkat Mirziyoyev rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur o‘ylanmaganini tanqid qildi. Allomalarimiz yubiley sanalarini ularga munosib tarzda, dunyo olimlarini jalb qilgan holda yuksak saviyada nishonlash zarurligini ta'kidladi. «Yetti pir» maqbaralarini obod qilish, ularni bir yo‘l bilan bog‘lash loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi», deyilgan xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid