Jahon | 12:22 / 17.02.2018
11319
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi kuchli zilziladan so‘ng qariyb 200 ta aftershok qayd etildi

Meksikada 7,2 magnitudali zilziladan so‘ng taxminan 200 ta takroriy yer qimirlashi qayd etildi. Bu haqda Meksika Milliy seysmologiya markazi Twitter’da xabar bergan.

«21:30 (Toshkent vaqti bilan soat 08:30)ga qadar 194 ta aftershok qayd etildi, eng kuchlisi – 5,9 magnitudali», - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 16 fevral kechki payt Meksikaning janubidagi Oaxaka shtatida kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,2 ni tashkil qilgan, o‘chog‘i 12 km chuqurlikda bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid