Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
122 ta aftershok. Meksikada 7,2 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi
16 fevral kechki payt Meksikaning janubidagi Oaxaka shtatida kuchli zilzila yuz berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,2 ni tashkil qilgan, o‘chog‘i 12 km chuqurlikda bo‘lgan.
Shtat rahbariyati kuchli zilzila qurbonlarga olib kelmagani, biroq moddiy zarar yetkazganini ma'lum qildi. Shuningdek, zilziladan keyin 122 ta aftershok qayd qilingan.
“Soat 19.30gacha (Toshkent vaqti bilan soat 6.30) 122 ta aftershok qayd qilingan”, deb ma'lum qilingan Milliy seysmologiya xizmatida.
Kuchli zilzila Mexikoning minglab aholisini ko‘chaga chiqishga majbur qilgan. Odamlar shaharning nisbatan xavfsiz hududlarida, iloji boricha inshootlardan uzoqroqda to‘planib olishgan. Shaharda svetoforlar o‘chib qolgan, elektr ta'minoti qisman uzilgan, katta tirbandliklar yuzaga kelgan. Odamlar uylariga qaytishga qo‘rqmoqdalar.
“RIA Novosti” axborot agentligi muxbirining ma'lum qilishicha, zilzila boshlanishidan taxminan 15 soniya oldin ogohlantiruvchi signal ovozlarini eshitgan va birinchi qavatdagi xonadan ko‘chaga yugurib chiqishga ulgurgan.
Ta'kidlanishicha, sunami paydo bo‘lishi ehtimoli rad etilgan.
Meksikaliklar yarim yil ichida uchinchi marta kuchli zilzilani boshdan kechirmoqdalar. O‘tgan yilning 7 va 19 sentabrida ikkita kuchli zilzila oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026