Jahon | 18:01 / 19.02.2018
9123
1 daqiqa o‘qiladi

Asadning maslahatchisi: AQSh va Turkiya xalaqit bermoqda

Foto: TASS

Suriya prezidenti maslahatchisi Busayn Shaabanning ma'lum qilishicha, Suriyadagi vaziyatga siyosiy yechim topish jarayoniga AQSh va Turkiya xalaqit bermoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

«Amerika va Turkiya siyosiy yo‘l bilan yechim topishga xalaqit bermoqda», - deya aytib o‘tdi Shaaban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya tomoni istalgan, jumladan Isroil, Amerika yoki Turkiya tomonidan bostirib kirishga qarshi kurashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron TIV rahbari AQShning Suriyadagi harakatlarini istilo deb atagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid