Eron TIV rahbari Javod Zarifning ma'lum qilişiça, AQŞ Suriyada yangi istilo tölqinini boşladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning sözlariga köra, Suriyadagi vaziyat hamon siyosiy yeçimga muhtoj bölib turibdi. Rossiya va Eron tört yildan beri şunga intilmoqda, deya ta'kidlab ötgan vazir.

«Biz barça xalqaro anjumanlarda Suriyada faqat siyosiy yeçim mumkin ekanini ma'lum qilib kelmoqdamiz. Umid qilamanki, terrorçilar yirik mağlubiyatga uçraganidan söng bu ğoya asta-sekin tuşunilmoqda. Biz bu siyosiy yeçimni boşlaşimiz lozim, biroq istiloning yangi tölqini, xorijiy intervensiyani, ayniqsa AQŞ tomonidan körmoqdamiz», - deya aytib ötdi Zarif.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Myunxenda ötayotgan xavfsizlik böyiça konferensiyada Isroil harbiy havo kuçlari tomonidan urib tuşirilgan Eronga tegişli pilotsiz boşqariluvçi uçar qurilmani namoyiş etar ekan, Tehronni Isroilning sabrini sinamaslikka çaqirgandi.