Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish qiymati qanday hisoblanadi?
Moliya vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasining qarori (ro‘yxat raqami 2263-2, 2018 yil 15 fevral) bilan Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi ("oltin aksiya") bo‘yicha davlat vakillarining xizmat haqi to‘lovlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Birinchidan, nizom Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga xo‘jalik jamiyatlaridagi (AJ, MChJ, QMJ) davlat ulushlari berilgan hollarga tatbiq etilmasligi qo‘shimcha aytib o‘tildi.
Ikkinchidan, ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymati hisoblanadigan ishonchli boshqaruvdagi davlat ulushining nominal qiymati miqdorlari indeksatsiya qilindi. Bunda koeffitsiyentlar o‘zgarishsiz qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, hisobot choragi uchun davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha xizmatlar qiymati hisob-kitobi uchun tegishli koeffitsiyentga ko‘paytiriladigan EKIHning quyidagi qiymatlari qabul qilinadi:
• strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi investitsiya aktivlarining (tijorat banklarining) ishonchli boshqaruvchilari, - EKIHning 4 baravari, strategik ahamiyatga ega bo‘lmaganlari esa – EKIHning 2 baravari;
• strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ishonchli vakillari, EKIHning 2 baravari, strategik ahamiyatga ega bo‘lmaganlari esa – EKIHning 1,5 baravari.
Hujjat 15.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:52 / 31.12.2025
Boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushi oshiriladi
17:31 / 28.12.2024
“Uz-Koram Kompani” MChJdagi davlat ulushi 24 mln dollarga sotildi
14:31 / 19.07.2024
O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizgacha ko‘tarildi
10:14 / 01.07.2024