“Uz-Koram Kompani” MÇJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketi 24 mln dollarga “Centrum Aviation FZCO” kompaniyasiga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, potensial investorlardan “Uz-Koram Kompani” MÇJni sotib oliş böyiça 5 ta ariza kelib tuşgan. Yakunda faqatgina 2 nafar xaridor tomonidan belgilangan muddatda majburiyatga ega bölgan takliflar (BO) taqdim qilingan.
Xususiylaştiriş jarayoniga konsultant sifatida “Portfolio Investmens” konsalting kompaniyasi jalb qilingan.
“Davaktiv” xabarida qayd etilişiça, korxonaning asosiy faoliyat turini 10 yildan kam bölmagan muddat davomida saqlab qoliş, mahsulotlarning lisenziati bölgan Genaeral Motors kompaniyasi (AQŞ) tomonidan tasdiqlangan yetkazib beruvçi bilan texnik qöllab-quvvatlaş böyiça litsenziya kelişuvlariga va GM texnologiyalari bilan boğliq texnologik jihozlardan foydalaniş yuzasidan “Boş alyans” kelişuvida örnatilgan talablar va tegişli çeklovlarga qat’iy rioya qiliş kabi şartlar xaridor tomonidan qabul qilingan.
Ma’lumot uçun: “Centrum Aviation FZCO” – Centrum Holding tarkibida taşkil etilgan. Asosiy faoliyati havo yuk taşiş va aviatsiya savdosida brokerlik xizmatlarini körsatiş, havo kemalarini ijaraga berişdan iborat. “Centrum Air” brendi ostida Özbekistonda avia xizmatlarini körsatadi.
















