Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ilk bor “Arab modasi haftaligi” o‘tadi
Saudiya Arabistoni mahalliy dizaynerlar va moda sanoati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z tarixida ilk bor “Arab modasi haftaligi”ni o‘tkazadi. Tadbir Ar-Riyodda 26-31 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 19 fevralda ushbu haftalikka patronajlik qiluvchi malika Nuri bint Faysal Al-Saud ma'lum qildi.
“Saudiya Arabistoni rassomlari va modelerlari hamjamiyati bir necha yildan beri muntazam rivojlanib va o‘ziga ishonchi oshib bormoqda. Boshqarma yangi hodisa moda va tasviriy san'at sohasidagi iste'dodlar imkoniyatlarini namoyish qilish uchun mos maydon bo‘lishi va Saudiya Arabistoni ko‘ngil ochish sohasiga turfalik kiritishiga umid qiladi”, deb aytgan malika qirollikning ko‘ngil ochish bosh boshqarmasi maktubiga iqtibos keltirib.
Ma'lum qilinishicha, 22 ta arab davlati dizaynerlarini birlashtirishga intiluvchi “Arab modasi haftaligi” yaqinda Ar-Riyodda o‘z byurosini ochgan.
Saudiya Arabistonidagi “Arab modasi haftaligi” direktori Laylo Iso Abuzayd bo‘lib o‘tajak tadbir “iqtisodiyotning turizm, mehmonxona biznesi va savdo kabi tarmoqlari rivojlanishiga turtki berishini” aytgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026