Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooronbay Jeenbekov ichki ishlar idoralarini poraxo‘r xodimlardan tozalashni buyurdi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti axborot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ichki ishlar vaziri Ulan Isroilovga militsiya saflarini poraxo‘r xodimlardan tozalash ishlarini kuchaytirish va jinoyatchilikka qarshi kurashni faollashtirishni buyurdi.
Ma'lum qilinishicha, Jeenbekov va Isroilov uchrashuvda ichki ishlar idoralarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha choralar va vazifalarni muhokama qilishgan.
Jeenbekov ichki ishlar saflarini korrupsiya bilan shug‘ullanuvchi va jinoiy jazolanuvchi jinoyatlar, jumladan narkokorrupsiyaga aralashgan nopok xodimlardan tozalash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish vazifasini qo‘ydi. Bundan tashqari, Jeenbekov ichki ishlar idoralarini isloh qilish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni nihoyasiga yetkazish topshirig‘ini berdi.
Mavzuga oid
18:30 / 29.12.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025