Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik 17 amaldor Gretsiyaga qochib o‘tdi
Turkiyalik 17 amaldor damlama qayiqda Gretsiyaga qochib o‘tdi. Bu haqda Gretsiyaning politischios.gr sayti xabar bermoqda.
Turkiyaning ushbu barcha fuqarolari Gretsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan.
Gretsiya sohilni qo‘riqlash xizmati xabariga ko‘ra, 17 kishi Inusses oroliga yetib kelgan va keyinchalik Xiosga olib o‘tilgan, u yerda esa port ma'muriyati xodimlariga topshirilgan.
«Gap turkiyalik davlat xizmatchilari hamda sudya haqida ketmoqda. Ularning iddao etishicha, rejim ta'qibi tufayli qamalishlari mumkin», - deb yozadi nashr.
Ayni damda turkiyalik barcha amaldorlar qochqinlar va migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qabul markaziga olib ketilgan.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026