O‘zbekiston | 09:55 / 20.02.2018
13133
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston pochtasi» isloh qilinadi

Foto: UZ24

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga ikki oy muddatda “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini o‘rganish hamda ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklandi. 

Vazirlik Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi: 

“O‘zbekiston pochtasi” AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda isloh qilish; 

pochta aloqasi operatorlari va kurerlarining tarmog‘ini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid