Sport | 19:34 / 20.02.2018
8527
4 daqiqa o‘qiladi

Velosport bo‘yicha nufuzli turnirga mezbonlik O‘zbekistonga nima beradi?

Xabar qilinganidek «2019 Asian Road & Para Cycling Championships» velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionat 2019 yil mart oyida tarixda ilk bora O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladi.

2018 yil 18 fevralda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) Kongressi o‘z ishini boshladi. Kongressning birinchi kunida Menejment qo‘mitasining yopiq majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 12 davlat Federatsiyalari rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi Osiyo chempionatini o‘tkazishga nomzod sifatida kiritilib, o‘z prezentatsiyasini taqdim etdi. Chempionatni o‘tkazishga da'vogarlar qatorida Xitoy, Tailand, Janubiy Koreya hamda Eron kabi davlatlar bor edi. Kongressning ikkinchi ish kuni, ya'ni 19 fevral kuni Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) ochiq yig‘ilishida 34 mamlakat delegatlari ishtirokida o‘tkazilgan  tadbirda O‘zbekiston Respublikasi velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan «2019 Asian Road & Para Cycling Championships» chempionati mezboni deb e'lon qilindi.

Foto: O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati

Shu o‘rinda Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) qoidalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent shahri navbatdagi Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) Kongressi o‘tkaziladigan shahar deb belgilanib, O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari K.O‘rinboyxo‘jayev Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Foto: O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati

«2019 Asian Road & Para Cycling Championships» velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionatning 2019 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilishi 2020 yil Tokio shaxrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga qatnashishda terma jamoamiz uchun muhim bo‘lgan reyting ochkolarni beradi.

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) Prezidenti David Lapartenning fikriga ko‘ra velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan chempionatning 2019 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi «O‘zbek velosportini yanada rivojlantirishga qo‘shimcha bir turtki bo‘lishi bilan bir qatorda kelgusidagi yozgi Olimpiya O‘yinlarida muhim reyting ochkolarni olishda zarur bosqichdir». 

«Avvalam bor men O‘zbekiston Respublikasi xalqini, shu qatorda o‘zbek velosportchilarini ushbu yangilik bilan chin qalbimdan tabriklayman. 2017 yil dekabr oyida yurtingizda o‘zim boshchiligimdagi xalqaro delegatsiya safarida bo‘lganimda davlat rahbaringiz va hukumatingizni velosportga ko‘rsatayotgan e'tibori, ko‘magi va amaliy yordamidan juda ham mamnun bo‘lgandim.

Shu o‘rinda bugun O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy, Tailand, Janubiy Koreya xamda Eron davlatlari orasidan Osiyo chempionatini o‘tkazish xuquqini qo‘lga kiritishi ham qo‘shimcha dalildir. Men O‘zbekistonni yana bir bor tabriklayman».

Ma'lumot uchun, Velosport bo‘yicha Osiyo Chempionati kontinental musobaqa hisoblanib, 1963 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. U o‘z ichiga shossse va trek yo‘nalishlarini kiritadi. Mazkur musobaqalarga faqat Osiyo davlatlari velosiped sportchilari qatnashshiadi, odatda 500 nafardan ortiq sportchi 34 nafar davlatlar sharafini himoya qilishadi. Chempionat Osiyo velosport Konfederatsiyasi (ACC) tomonidan tashkillashtiriladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid