Jahon | 16:05 / 21.02.2018
10994
1 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts dong‘i chiqqan serialda suratga tushadi

Foto: AP

Milliarder, Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts «Katta portlash nazariyasi» serialida suratga tushadi, deb xabar bermoqda Deadline.

U taklif etilgan yulduz sifatida ishtirok etadi. Geyts qatnashgan epizod premerasi mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Geyts uchun bu birinchi shunday tajriba emas. 2001 yilda u «Freyzer» sitkomida o‘zini o‘zi gavdalantirgandi.

«Katta portlash nazariyasi»ga keladigan bo‘lsak, ayni damda CBS kanali 11-mavsumni namoyish etmoqda. Serialda ilm-fan va biznes yulduzlari necha marta qatnashgan, jumladan olim Stiven Xoking ham.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid