Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-de-Janeyroda vaziyat og‘irlashmoqda, endi xavfsizlikni armiya ta'minlaydi
Braziliya federal senati prezident farmonini ma'qulladi, unga ko‘ra mamlakat armiyasiga Rio-de-Janeyro shtatida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Globo xabar qilmoqda.
Tashabbusni 55 parlamentariy qo‘llab-quvvatladi, 13 nafari qarshi chiqdi va bir kishi betaraf qoldi.
Farmon bilan nazarda tutilgan choralar xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, joriy yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.
16 fevral kuni Braziliya prezidenti Mishel Temer Rio-de-Janeyro shtatidagi huquqni muhofaza qilish kuchlari ustidan nazoratni armiyaga berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu mahalliy to‘dalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli yuz bergan zo‘ravonlik holatlari avj olib ketgani fonida sodir bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026