Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani Suriyada tinch aholiga hujumlar uyushtirishda aybladi
AQSh Moskva va Damashqni Suriyaning Sharqiy Guta tumanida tinch aholi vakillariga uyushtirilgan hujum uchun mas'ul deb atadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida aytiladi.
«AQSh Rossiya va Suriya prezidenti Bashar Asadning Sharqiy Gutada tinch aholiga hujumini qat'iy qoralaydi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Vashington Rossiyani «keskinlikdan xoli hududlar bo‘yicha majburiyatlarga amal qilish va Suriyada tinch aholiga hujumni to‘xtatishga» chaqirdi.
Avvalroq, BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik Damashq yaqinidagi Sharqiy Gutada oxirgi 2 kun ichida 100dan ko‘proq odam halok bo‘lgani haqida xabarlar olinayotganini ma'lum qilgandi.