Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar hujumidan keyin 46 o‘quvchi qiz yo‘qoldi
Niregiya hukumati “Boko Harom” terrorchilik guruhi jangarilari Yobe shtatidagi Dapchi qishlog‘iga hujum qilganidan keyin 46 nafar o‘quvchi qiz bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini tasdiqladi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Reuters axborot agentligi manbalarga iqtibos keltirgan holda, hujumdan keyin 90 dan ko‘proq qiz yo‘qolgani yoki o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Keyinroq yo‘qolgan deb hisoblangan qolgan qizlar jangarilardan yashiringanlari ma'lum bo‘lgan.
Politsiya yo‘qolgan qizlar o‘g‘irlanganliklari haqidagi axborotni rad etmoqda. “Men maktab direktoridan “O‘lim yoki qizlar o‘g‘irlangan holatlar bo‘ldimi?” deb so‘raganimda, u “yo‘q” deb javob berdi”, deb aytgan shtat politsiyasi boshlig‘i Abdilmaliki Sunmonu.
2014 yil aprelda jangarilar Chibok shahrida 276 o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketishgandi. “Boko Harom” yetakchisi qizlarni hibsga olingan jangarilarga almashtirishni taklif qilgan, biroq hukumat bunga rozi bo‘lmagan.
2017 yilda Nigeriya hukumati o‘g‘irlab ketilgan qizlardan 82 nafarini jangarilarga almashgan. 195 qiz rasman yo‘qolgan deb hisoblab kelinayotgandi. 82 qiz tutqunlikdan ozod qilingandan keyin yana 113 qizning taqdiri noma'lumligicha qolgan.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025