Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda undan zaharlanganlar soni 54 kishiga yetdi
Foto: Fotolia
Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyatida zaharli undan zaharlanganlar soni so‘nggi hafta davomida 54 kishiga yetdi. Avvalroq 34 shaxs jabrlangani xabar berilgandi.
«Bugungi kunga kelib 16 bola va 38 nafar yoshi katta inson shifoxonaga yotqizildi. Ularning bari shifokorlarning alohida kuzatuvida. Ahvollari yaxshilanishi bilan uyga javob beriladi», - deya aytib o‘tishgan Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmatidan.
Shu bilan birga, unni olib kelgan shaxs javobgarlikka tortilgani haqida ma'lumot hozircha yo‘q, deb xabar qilmoqda AP.
Avvalroq Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyati Ishkashim tumanidagi ikki qishloqda ommaviy zaharlanish yuz bergani, mahalliy tadbirkor tomonidan olib kelingan bug‘doydan tortilgan undan tayyorlangan taomlarni iste'mol qilgan odamlar zaharlangani ma'lum qilingandi.
Aytilishicha, o‘tgan yilning avgust oyida mahalliy tadbirkor, Pitun qishloq jamoati Tug‘oz qishlog‘ida yashovchi shaxs Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Xamadoniy tumanida sotib olingan 5,4 ming kilogramm bug‘doyni qishloqqa olib kelgan. Tadbirkor bug‘doyni mahalliy aholiga sotgan, ular esa tegirmonda un tortishgan. Ma'lum bo‘lishicha, bug‘doy tarkibida geliotrop zaharli o‘simligi bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
19:10 / 10.01.2026
Nestlé NAN xavotiri: bolalarda zaharlanish belgilari borligi aytilyapti
15:00 / 28.11.2025