Jahon | 14:27 / 23.02.2018
11525
3 daqiqa o‘qiladi

«Maynabozchilik» - Suriya bo‘yicha Ostonadagi muzokaralar tanqid qilindi

Foto: AP

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Hizer Noyyert jurnalistlar uchun brifingda Rossiyaning Suriyadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha so‘nggi tashabbuslarini keskin tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostonadagi muzokara jarayoni muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi, Suriyada shakllantirilgan keskinlikdan xoli hududlarni esa u «maynabozchilik» deb atadi. 

Noyyert Sharqiy Gutadagi vaziyat haqida berilgan savolga javob qaytarib, «Suriya rejimi» tomonidan so‘nggi kunlarda u yerda tinch aholi vakillaridan 400 dan ortig‘i o‘ldirilganini aytgan. «Barchamiz bilamizki, rejim nafaqat Rossiyadan, balki Erondan ham qo‘llab-quvvatlov oladi. Bu Rossiya u yerda ro‘y berayotgan narsalar uchun butunlay mas'ul ekanidan eslatma. Rossiya Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlamaganida, albatta, vayronagarchiliklar ham, o‘limlar ham yuz bermasdi», - deya ma'lum qildi Noyyert.

Uning bildirishicha, Davlat departamentiga AQSh Ostonadagi muzokaralarda ishtirok etayotganiga oydinlik kiritish maqsadida ko‘plab savollar beriladi. Suriyadagi hodisalar, Noyyertning fikricha, «Ostonada o‘tayotgan jarayon muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini ko‘rsatadi». «Aynan shuning uchun AQSh va boshqa ko‘plab davlatlar hukumati eng yaxshi variant sifatida Jyeneva jarayonini ilgari surmoqda, u oxir-oqibat Suriyada tinchlik va siyosiy yechimga olib keladi», - deya ma'lum qildi u.

«Ostona» o‘zida nimani birlashtirganini bir eslab ko‘ring? Rossiya va Eron uning kafolatchilari edi. Ular keskinlik xoli hududlarni yaratdi va ulardan biri Sharqiy Guta edi. Ular u yerda odamlarni ochlikka giriftor etishdi, u yerga gumanitar yordamni o‘tkazishmadi, biz aybsiz oddiy fuqarolar o‘ldirilganini ko‘rdik», - deya davom etgan Davlat departamenti vakili.

«Albatta, bu keskinlikdan xoli hudud emas. Ular shunday hududlarni yaratish sa'y-harakatlariga qaytishi mumkin, biroq biz ular buni Jyenevada qilishlarini xohlaymiz. Bularning bari bu keskinlikdan xoli hududlar qanday maynabozchilikka aylanganini ko‘rsatadi», - deya xulosa qildi Noyyert.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid