Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noma'lum shaxs Vashingtondagi harbiy bazani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan
AQShning Vashington shtatidagi Kitsan harbiy-dengiz bazasi qo‘mondoni Alan Shreyderning aytishicha, noma'lum shaxs obektni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Bu haqda feysbukdagi rasmiy sahifada xabar berildi.
Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, baza darvozalariga qora jip kelgan.
«Haydovchi tanasi va mashinada qo‘lbola portlovchi qurilmalar bor ekani haqida ma'lum qilgan», - deya aytib o‘tdi Shreyder.
Harbiyning ta'kidlashicha, haydovchi qo‘lga olingan, bazada trevoga e'lon qilindi va xavfsizlik chegarasi o‘rnatildi.
Ayni damda FTB ishtirokida tergov olib borilmoqda. Shreyderning ta'kidlashicha, «vaziyat nazorat ostida».